my5

Nikaraguada meteorit quladi

Dunyo 08.09.2014, 10:39
4620
Nikaraguada meteorit quladi

Nikaragua hukumati mamlakat hududiga meteorit tushgani haqida ma`lum qildi. Bu haqda “AP” agentligi xabar bermoqda.

Hukumat xabariga ko`ra, meteorit Managua shahri yaqinidagi o`rmonga qulagan. Meteorit qulaganini tuzilgan maxsus komissiya tasdiqlandi. Shuningdek, mahalliy olimlarga yordam ko`rsatish uchun halqaro ekspertlar taklif etilgan. Bu haqda hukumat vakili Rosario Murillo ma`lum qildi

Xabarda yozilishicha, meteorit o`zidan keyin  radiusi 12 metr, chuqurligi esa 5 metrli iz qoldirgan.  Mahalliy aholining aytishicha, 7 sentyabrga o`tar kechasi ular gumburlagan ovozni eshitishgan, ammo, hech qanday yorug`lik ko`rinmagan.

Hozirda meteoritdan qolgan bo`laklarni topish uchun olimlar voqea hududini tekshirishmoqda.

Шарҳлар