my5
Sevimli

Moliya vazirligi asossiz xarajatlarning oldini oldi

Iqtisodiyot 24.07.2018, 16:35
Moliya vazirligi asossiz xarajatlarning oldini oldi

2018 yil 1-yarim yilligida Davlat byudjetidan mablag` bilan ta`minlanadigan muassasa va tashkilotlarda o`tkazilgan moliyaviy nazorati tadbirlarida aniqlangan xato va kamchiliklar byudjet intizomini buzish holatlari o`tgan yilning mos davriga nisbatan keskin kamaygan. Bu haqda Moliya vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, byudjet intizomi buzilish holatlari 2018 yil 1-yarim yilligida 21,7 mlrd so`mni tashkil etdi (2017 yilning mos davrida 48,1 mlrd so`mni tashkil etgan).

Byudjet intizomi buzilish holatlarini kamayishi byudjet mablag`larini boshqarish va byudjet hisobini yuritish bo`yicha byudjet tashkilotlarining moliyaviy faoliyatini doimiy monitoring qilish, byudjet qonunchiligiga rioya etish bo`yicha profilaktika ishlarini olib borish, masofaviy nazoratni keng ko`lamda qo`llash va kam samarali taftishlarni qisqartirish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasidir.

Xususan, byudjet va byudjetdan mablag` oluvchi tashkilotlarning 2018 yil uchun xarajatlar smetasini me`yoriy hujjatlarga muvofiqligi va xarajat turlarini aniq hisob-kitoblarga asoslanganligi yuzasidan olib borilgan kameral nazorat tadbirlari natijasida xarajatlar smetasiga asossiz kiritilgan 17,5 mlrd so`m miqdoridagi xarajatlarni oldi olinib, boshqa zarur xarajatlariga yo`naltirildi.

Шарҳлар