my5

AQShda minglab bolalar noma`lum virus bilan kasallanishdi

Dunyo 08.09.2014, 14:55
4855
AQShda minglab bolalar noma`lum virus bilan kasallanishdi

AQShning 10 dan ortiq shtatida minglab bolalar virusning aniqlanmagan turi bilan kasallanishdi. Bu haqda Gazeta.ru sayti xabar bermoqda.

Virus rasman aniqlanmagan, ammo,  kamdan-kam uchraydigan enterovirus  turi ekanligi taxmin qilinmoqda.

Missuri, Kanzas, Illinoys, Kentukki, Ayova, Kolorado, Ogayo, Oklaxoma, Shimoliy Karolina va Jorjiya shtatlarida ushbu virus qayd etilgan.

“Virus shamollash kabi boshlanadi. Kasallikni o`tkazib yubormaslik uchun nafas olishni vaqtida tekshirish kerak”,-deydi shifokor.

Virus ayniqsa bolalar uchun juda xavfli, deyiladi xabarda.

 Koloradodagi bolalar shifoxonasi 18 avgustdan 4 sentyabrgacha bo`lgan davr mobaynida 900 nafar bemorlarni ushbu tashxis bilan qabul qildi. Ulardan 86 nafari shifoxonada qoldirildi, ayrim bolalar esa reanimasiya bo`limiga tushishdi.

Шарҳлар