my5

Hindiston va Pokistondagi suv toshqini 440 kishining umriga zomin bo`ldi

Dunyo 10.09.2014, 12:43
3086
Hindiston va Pokistondagi suv toshqini 440 kishining umriga zomin bo`ldi

Hindiston va Pokistonda sodir bo`lgan suv toshqini oqibatida 440 kishi vafot etdi.  Bu haqda “Rossiya 24” telekanali xabar bermoqda.

O`n minglab uylar vayron bo`lgan, elektr toki va aloqa yo`q, poezdlar harakati to`xtagan. Ayrim yashash joylarida suv 4 metrgacha ko`tarildi. Bir qavatli binolarning barchasini esa suv bosdi.

Qayiq va vertolyot yordamida tabiiy ofat sodir bo`lgan huddudlarga dori-darmonlar etkazib berilmoqda. Yaralanganlarga tibbiy yordam ko`rsatilib, jabrlangarlar vaqtinchalik palatkali lagerlarga joylanmoqda.

Eslatib o`tamiz, suv toshqinlarini  ushbu ikki mamlakatda kuzatilgan musson yomg`irlari keltirib chiqardi.

Шарҳлар