my5

Ebola Liberiya davlati kelajagiga taxdid solmoqda

Dunyo 10.09.2014, 15:55
3772
Ebola Liberiya davlati kelajagiga taxdid solmoqda

Ebola virusining tez tarqalishi Liberiya davlatining kelajagiga katta tahdid solmoqda, deb hisoblaydi Liberiya mudofaa vaziri Brauni Samukay. Uning so`zlariga ko`ra, mamlakat virusni oldini olish uchun etarliga resurslarga ega emas.  

Bu haqda Samukay BMT xavfsizlik kengashining yig`ilishida ma`lum qildi. Mudofaa vazirining aytishicha, virus o`rmon yong`inlari tezligida tarqalmoqda. “Ebola virusi davlatimizning normal hayotini to`xtatishga sabab bo`ldi”,-deydi Brauni Samukay.

Vesti.Ru nashrining xabar berishicha, AQSh hukumati Ebola virusini davolovchi markazlarga 75 million AQSh dollari miqdorida mablag` ajratishga va`da bergandi. Bu kasallanganlar uchun mingga yaqin joy ajratilishini ta`minlaydi.  

Шарҳлар