Долзарб мавзулар Foto

Buxoroda qadimiy ko`prik qoldiqlari topildi

Бўлимлар: Moziydan sado
Теглар:
Добавлено: 02.08.2018, 11:23

Buxoro viloyatining Romitan tumanida joylashgan “Xo`ja Niyoz Xorazmiy” maqbarasi oldidan oqib o`tuvchi zovurda qurilish ishlari olib borilayotgan paytda suv ostidan X asrga taalluqli “Laq-Laqa” ko`prigi topilgan.

Ushbu ko`prikni tadqiq qilish uchun mutaxassislar chaqirilib o`rganilganda, ko`prik X asrda qurilgani va XVI asrda qayta ta`mirlanganligi tasdiqlandi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmatining ma`lumotiga ko`ra, mazkur hududda tadbirkor Nizom Huseynov tomonidan ekoturistik markaz yaratish bo`yicha ham ishlar olib borilmoqda.

Bu erda turistlar kelajakda nafaqat qadimiy ko`prik qoldiqlarini, balki cho`l hayvonlari bog`i, qadimiy uy namunasi va milliy hunarmandlik mahsulotlaridan ham bahramand bo`ladi.

Soha rivoji uchun amalga oshirilayotgan tadbirlar davom etmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA