my5
Sevimli

Dollar oshdi, evro kursi esa tushdi

Iqtisodiyot 14.08.2018, 14:25
Dollar oshdi, evro kursi esa tushdi

O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki 14 avgustdan e`tiboran xorijiy valyutalarning o`zbek so`miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Dollarning kursi o`tgan haftaga nisbatan 7.15 so`mga qimmatladi va 7790.20 so`mni tashkil qildi.

Evro kursi esa yana pastladi va o`tgan haftaga nisbatan 114.03 so`mga arzonlab, 8888.62 so`mni tashkil etdi.

Rossiya rubli 7.89 so`mga tushdi va 115.07 so`m etib belgilandi.

Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Шарҳлар