41

To`g`ri ovqatlanish uchun 5 tavsiya

Salomatlik 14.08.2018, 15:02
3889
To`g`ri ovqatlanish uchun 5 tavsiya

1. Kun bo`yi och yurib, keyin birdaniga to`yib ovqatlanishni odat qilmang. Bu ortiqcha kaloriyalar to`planishiga, oshqozon kattalashishiga, eb to`ymaslikka olib keladi.

2. Kam-kam va tez-tez ovqatlanish. 2-3 mahal ko`p miqdorda emas, 5 mahal oz-ozdan ovqatlaning.

3. Kuniga 2–2.5 litrdan kam bo`lmagan miqdorda suv iching. Suv moddalar almashinuvi jarayonini tezlashtiradi, organizmni yoshartirib, terining tarangligini ta`minlaydi.

4. Qanchalar qiziq tuyulmasin, suv ichishning ham o`z tartibi bor. Suvni to`g`ri ichish orqali ham vazn tashlash mumkinligiga ushbu qoidaga amal qilgach, amin bo`lasiz. Eng muhimi, ovqat paytida suv ichmaslikdir. Ovqat payti ichilgan suyuqlik taomning bo`kib qolishi, qiyin hazm bo`lishi va oqibatda semirishga olib keladi. Suvni ovqatdan yarim soat avval va 40-45 daqiqa o`tib, ichish mumkin.

5. Oq undan tayyorlangan non va makaron mahsulotlari o`rnini javdar unidan yopilgan qora nonga, makaronni esa bug`doyning qattiq navidan tayyorlanganiga almashtiring. Shakarni asal, novvotga, kremli qandolat mahsulotlarini meva-chevalarga o`zgartiring.

Комментарии