my5
Sevimli

Markaziy bank mayda pullarni bosqichma-bosqich muomaladan qaytarib olmoqda

Iqtisodiyot 16.08.2018, 10:03
Markaziy bank mayda pullarni bosqichma-bosqich muomaladan qaytarib olmoqda

Aholi va tadbirkorlik sub`ektlarining naqd puldagi hisob-kitoblarini amalga oshirishlarida qulayliklar yaratish maqsadida yirik naqd pullarni muomalaga chiqarish asosan yirik nominaldagi banknotlar orqali amalga oshirilib, kichik nominaldagi banknotlar esa muomaladan bosqichma-bosqich qaytarib olinmoqda. Bu haqda Markaziy bankning hisobotida ma`lum qilindi.

Joriy yilning I yarmida muomalaga chiqarilgan naqd pullar asosan yirik nominaldagi banknotlar orqali amalga oshirildi.

Muomalaga chiqarilgan banknotlar ulushi (banknotalar jami soniga nisbatan)

2018 yil 1 yanvar holatiga

2018 yil 1 iyul holatiga

Jumladan, ushbu davrda muomalaga chiqarilgan naqd pullar (banklar kassalaridagi naqd pullarni hisobga olgan holda) hajmi 2,7 trillion so`mga yoki 13,5 foizga oshgan bo`lsa, muomaladagi banknotlar soni 568 million donaga yoki 7,5 foizga kamaydi.

2018 yilning I yarmida muomalada 1 000 so`mlik va undan kichik qiymatdagi banknotlar miqdori 582 milliard so`mga kamaygan bo`lsa, 5 000 so`mlik, 10 000 so`mlik, 50 000 so`mlik banknotlar miqdori 3,3 trillion so`mga oshdi.

Ushbu davrda, muomalaga chiqarilgan banknotlar jami sonida 500 so`mgacha bo`lgan banknotlar ulushi 3,7 foiz bandga va 1 000 so`mlik banknotlar 1,0 foiz bandga kamaygan bo`lsa, 5 000 so`mlik banknotlar — 2,6 foiz bandga, 10 000 so`mlik — 1,4 foiz bandga va 50 000 so`mlik — 0,7 foiz bandga oshdi.

Шарҳлар