AsosiyIqtisodiyot

O`zbekistonda kripto-birjalar faoliyati tashkil etiladi

'O`zbekistonda kripto-birjalar faoliyati tashkil etiladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasida kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risidagi prezident qarori qabul qilindi, deb xabar qildi “Huquqiy axborot” kanali.

Qarorga muvofiq, kripto-birjalar va kripto-aktivlar aylanmasi bo`yicha faoliyatga qimmatli qog`ozlar, birja va birjalar faoliyatiga oid qonunchilik tatbiq etilmaydi.

Kripto-birjalar faoliyatini amalga oshirish uchun lisenziyalar O`zbekiston hududida sho``ba yoki boshqa turdagi tashkilotlarini ochish asosida faqatgina chet el yuridik shaxslariga beriladi.

Bunda ularning kripto-aktivlar aylanmasi bilan bog`liq valyuta operasiyalariga nisbatan valyutani tartibga solish haqidagi qonunchilikning normalariga tatbiq etilmaydi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning kripto-aktivlar aylanmasi bilan bog`liq operasiyalari soliqqa tortish ob`ekt hisoblanmaydi, ulardan olingan daromad esa soliq va boshqa majburiy to`lovlar bo`yicha soliqqa tortish bazasiga kiritilmaydi.

Shuningdek, kripto-birjalar ko`rsatgan xizmatlari uchun mukofot, shu jumladan kripto-aktivlar olish hamda ularning mijozlardan undiriladigan miqdorini belgilash, shuningdek kripto-aktivlarni milliy va chet el valyutalari orqali tasarruf etish hamda boshqa kripto-aktivlarga almashtirish uchun O`zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari bilan birja kelishuvlarini tashkil qilish huquqiga ega bo`lishi belgilandi.

    Boshqa yangiliklar