AsosiyIqtisodiyot

“O`zsanoatqurilishbank”da yangi “Bayramona” omonati joriy qilindi

'“O`zsanoatqurilishbank”da yangi “Bayramona” omonati joriy qilindi 'ning rasmi

Bank tizimida milliy valyutada yangi “Bayramona” nomli omonat joriy etildi.

Omonatning saqlash muddatini omonatchi ishtirokisiz 2 marta uzaytirish mumkin. Omonat muddati uzaytirilganda hisoblangan, lekin mijoz tomonidan talab qilib olinmagan foizlar uning asosiy summasiga qo`shiladi. E`tiborlisi, keyingi muddatlarda ustamalar ushbu yig`ilgan miqdor uchun ham hisoblanadi.

Omonatning saqlash muddati 4 oy, unga qabul qilinadigan boshlang`ich badal miqdori 10 000 so`m. Belgilangan yillik ustama to`lovi esa 15 foizdir.

Omonatga mablag`lar naqd pulda yoki amaldagi depozit hisobvaraqlarni qayta rasmiylashtirish, naqd pulsiz plastik kartalar orqali hamda masofadan “UzPSB Mobile” mobil dasturi yordamida onlayn rejimda qabul qilinadi. Foiz to`lovi har oyda to`lanadi.

    Boshqa yangiliklar