Му5
48

Aleksandr Lukashenko Toshkentga etib keldi

Siyosat 12.09.2018, 19:39
1162
Aleksandr Lukashenko Toshkentga etib keldi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko rasmiy tashrif bilan Toshkentga etib keldi, deb xabar qilmoqda "Xalq so`zi" nashri.

"Aleksandr Lukashenkoni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O`zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov kutib oldi", - deyilgan xabarda.

Belarus prezidenti 12-14 sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O`zbekistonda bo`ladi.

Bo`lajak oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlikka doir keng ko`lamli masalalarni muhokama qilish, siyosiy muloqotni, savdo-iqtisodiy, investisiya, fan va ta`lim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi o`zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishning uzoq muddatli istiqbolga mo`ljallangan asosiy yo`nalishlarini belgilab olish rejalashtirilgan.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qo`shma bayonoti, O`zbekiston va Belarus o`rtasidagi ko`p qirrali do`stona aloqalarga yangi sur`at baxsh etishga qaratilgan salmoqli davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo kelishuvlar va boshqa hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Шарҳлар