O`zbek muxlislarining sevimli aktrisasi, hozirda turmush o`rtog`i bilan Amerika Qo`shma Shtatlarida istiqomat qilayotgan aktrisa Gulchehra Sharopovadan oilaviy fotosuratlar.
Ayni damda aktrisa o`g`li Amirbek va qizi Sumayya tarbiyasi bilan band. U san`atdan biroz chetlashgan bo`lsa-da, muxlislarning uning hayoti va ijodiga bo`lgan qiziqishlari so`ngani yo`q. Shu sababli Gulchehra doim ularning savollariga instagram tarmog`ida javob berib, oilaviy suratlari bilan bo`lishadi, deb yozmoqda Kunutun nashri.