AsosiyJinoyat

Toshkentda 18 ming dollarni o`zlashtirgan firibgar ayol ushlandi

'Toshkentda 18 ming dollarni o`zlashtirgan firibgar ayol ushlandi'ning rasmi

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida firibgar ayolning makri uzoqqa bormadi, deb xabar qilmoqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

13 noyabr kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko`ra, shu yil 27 mart kuni A.Qahhor ko`chasida yashovchi, G.Q. (ayol) uyida tanishi, Uchtepa tumanida yashovchi, A.A.ga uyini 55.000 AQSh dollariga sotishini aytib, aldash yo`li bilan ishonchiga kirib, undan boshlang`ich to`lov sifatida 18 000 AQSh dollarini olib, bergan va`dasini bajarmay pullarni o`z ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligi ko`rsatilgan.

Ko`rilgan choralar natijasida G.Q. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar