Ташкент +4° Tue 22:45
Долзарб мавзулар Foto

Juma kuni vafot etgan inson jannatga tushadimi?

Бўлимлар: Hidoyat sari
Теглар:
Добавлено: 16.11.2018, 14:08

Savol: Odamlar orasida «Agar inson juma kuni vafot etsa, to`g`ridan-to`g`ri, savol-javobsiz jannatga tushadi» degan aqiyda mavjud. Shu gap qanchalik rost?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym

Bu asossiz gap. Juma kunining fazli haqidagi gaplarni aytadigan bo`lsak, juma kuni bir inson vafot etadigan bo`lsa, ana shu kunning hurmatidan faqat shu juma kunining o`zida Alloh taolo mazkur o`lgan odamning so`roq-savolini kechiktirib turadi, xolos. Juma kuni chiqishi bilan so`roq-savol boshlanadi va boshqa har bir o`lgan odamga joriy bo`ladigan amallar u odamning ham boshiga tushadi. «So`roq-savolsiz jannatga kiradi», degan gap mutlaqo noto`g`ri. Jannatga kirishga sabab bo`ladigan ko`pgina narsalar bor, bularning boshida iymon-e`tiqod va ibodat hamda yana ko`pgina yaxshi amallar turadi. Bunga oyatu hadislarda dalillar keladi. Lekin ularning birortasida «Juma kuni o`lsa bo`ldi, jannatga kiradi» degan gap yo`q. Buni jiddiy gap sifatida qabul qilishning keragi yo`q. Vallohu a`lam.

"Zikr ahlidan so`rang" kitobidan

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Shou-biznes

SUG'DIYONA