Qoraqalpog`iston Respublikasining To`rtko`l va Qo`ng`irot tumanlarida xalq deputatlari tuman Kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalari bo`lib o`tdi.
Sessiyalarda tashkiliy masalalar ko`rildi.
Unga ko`ra, shu kunga qadar Qashqadaryo viloyati prokurorining o`rinbosari lavozimida ishlab kelgan Yangaboy Babajanov To`rtko`l tumaniga hokim etib tayinlandi.
Shuningdek, Xorazm viloyati hokimligi iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo`yicha kotibiyat rahbari lavozimida ishlab kelgan Berdax Saparov esa Qo`ng`irot tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Eslatib o`tamiz, To`rtko`l tumanini shu kunga qadar Ne`matullo Xudayberganov, Qo`ng`irot tumanini esa Sharaprashid Temirbaev boshqarib kelayotgan edi.