Uorren Baffettning ta`kidlashicha, er yuzidagi 20 foiz millarderlar o`z ahvolini moliya sohasida yaxshilab olishgan. Butun dunyoda jami 2325 nafar milliarder bo`lib, ularning boyligi er yuzidagi jami boylikning 4 foizini tashkil etadi, deya yozadi Reuters. Xo`sh, ular qanday qilib bunday muvaffaqiyatiga erishishdi va qaysi sohalarda?
Wealth-X tadqiqot kompaniyasining so`nggi hisobotiga ko`ra 13 foiz millarderga boyliklari meros bo`lib qolgan, yana 27 foiz odamlar meros qolgan boylikdan unumli foydalanish orqali millarder bo`lgan, qolgan 60 foizi esa o`zlari shu darajaga etishgan.
Keling, ular buni qanday amalga oshirganligini ko`rib chiqamiz. Tadqiqotda aytilishicha, amaliy jihatdan barcha sohalarda boylikni ko`paytirish imkoniyati bor, ammo shunday sohalar borki, ko`pchilik milliarderlar aynan shu ish bilan shug`ullanishadi.
Demak, mana ular:
1. Moliya, bank va investisiya.
2. Sanoat.
3. Ko`chmas mulk.
4. Tekstil, kiyim kechak va yuqori klass uchun mollar.
5. Ijtimoiy tashkilotlar