Долзарб мавзулар Foto

Ona bo`lish arafasidagi va farzandli bo`lgan mashhurlar

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар: Foto
Добавлено: 02.12.2018, 19:48

O`zbek shou-biznesi vakillari orasida 2018 yilda ota-onalik baxtiga muyassar bo`lgan va farzand kutayotgan mashhurlar ro`yxatini "Kunutun" nashri e`lon qildi.

Xonanda Dilso`z - Go`zal Jumaniyozova uchinchi bor ona bo`lish arafasida. Xonandaning Dilso`z va Safina ismli ikki qizi bor.

alt

2018 yilning 15 may kuni Jamshid bilan turmush qurgan xonanda Umidaxon ham farzand kutmoqda.

alt

Aktrisa Muqaddas Sa`dullaeva ham yana ona bo`lish arafasida. Akstrisaning Sa`diyaxon ismli bir qizi bor.

alt

2018 yilda farzandli bo`lgan mashhurlar:

Xonanda Nilufar Usmonova o`zbek shou-biznesida farzandlar bo`yicha juda ham etakchi. Xonanda 1 avgust kuni beshinchi farzandini dunyoga keltirdi. Qizaloqqa Safiya deb ism berdilar.

alt

Xonanda va boshlovchi Karen Gafurjanov va uning rafiqasi Sadoqat 2018 yilda o`g`il farzandli bo`lishdi.

alt

Oybek va Nigora ikkinchi bor ota-onalik baxtiga musharraf bo`ldilar. Yulduzli oilada 26 may kuni ikkinchi o`g`il farzand dunyoga keldi.

alt

Taniqli boshlovchilar Shox Alimovich (Nodirshox) va Oyxon Iforzodalar xonadonida iyul oyida ikkinchi o`g`il farzand dunyoga keldi. Juftlikning katta o`g`illari Amirshox bir yoshdan oshgan. Ikkinchi farzandlariga Zoxirshox deb ism berganlar.

alt

VIA «Marokand» guruhining a`zosi Abdurashid Toshmatov qiz farzandli bo`ldi. U birinchi bor otalik baxtiga muyassar bo`ldi.

alt

«Setora» guruhi ilk tarkibi a`zosi Leyli fevral oyida ikkinchi bor onalik baxtiga muyassar bo`ldi. U qiz farzandni dunyoga keltirdi.
alt

Taniqli aktrisa Gulchehra Sharopova (Eshonqulova) ham bu yil ikkinchi bor onalik baxtiga erishdi. AQShda istiqomat qilayotgan aktrisa qiz farzandli bo`ldi.

alt

Rejissyor Zebo Navruzovaning kenja o`g`li Muhammadali ham bu yil otalik baxtiga muyassar bo`ldi. Uning xonadonida o`g`il farzand dunyoga keldi.

alt

Xonanda va aktyor Diyor Mahkamov xonadonida ham bu yil yangi chaqaloq dunyoga keldi.

alt

Xonanda Shahnoza Otaboeva va aktyor Komol Bobonazarovlarning oilasida o`g`il farzand dunyoga keldi.

alt

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA