Ташкент +8° Tue 15:40
Долзарб мавзулар Foto

"O`zbekkonsert" 7 nafar xonandaning videoklipini rad etdi

Бўлимлар: Shou-biznes
Теглар:
Добавлено: 06.12.2018, 14:12

Joriy yil 5 dekabr kuni “O`zbekkonsert” davlat muassasasi qoshidagi qo`shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash badiiy kengashining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Kengashda 16 nafar xonandalar tomonidan taqdim etilgan videokliplar ko`rib chiqildi.

“Nihol” mukofoti sovrindorlari Iroda Dilrozning “O`g`lim”, Sharof Muqimovning “Qora ko`zlar”, xonandalar Zilola Musaevaning (Shaxzoda) “Men o`sha”, Otabek Muhammadzohidning “Ona”, Qilichbek Madalievning “Sevgi”, Jasur Mavlonovning “Netay” qo`shiqlariga ishlangan videokliplari muhokama qilinib efirga uzatishga tavsiyalar berildi.

“Maroqand” guruhining “Torimning siri”, Elvin Mirzezade va Shaxrizoda Ahmedova bilan ijro etgan “Hasrat” qo`shiqlariga olingan videokliplariga istisno tariqasida ruxsat berildi.

Xonandalar Jahongir Poziljonov va Dilafro`z Hayitmetovalar ijro etgan “Mehmonim” dueti, Sevara Yusupovaning (Sevara taxallusi bilan efirga chiqayotgan) “Uzun yo`l”, Mahliyo Omonning “Farg`onadan”, Jahongir Otajanovning “Qaddi baland”, Doston Ubaydullaevning “6-xonadon”, Alisher Zokirovning “Mayli, mayli” qo`shiqlariga olingan videokliplari muhokama qilinib, ularda ba`zi juz`iy kamchiliklar ko`zga tashlangani sababli rad etildi.

“Xonandalar Badiiy Kengashga a`zolari tomonidan rad etilgan videokliplardagi qo`shiq matni, musiqasi, videoklip dasturi (ssenariysi)ning g`oyaviy-badiiy saviyasiga alohida e`tibor qaratib, ko`rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib Badiiy Kengashga qayta topshirishlari mumkinligini ma`lum qilamiz”, - deyilgan xabarda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии