Му5
46

O`zbekistonda 19-20 asrga tegishli noyob zargarlik buyumlari topildi

Moziydan sado 08.12.2018, 09:55
7208
O`zbekistonda 19-20 asrga tegishli noyob zargarlik buyumlari topildi

Yaqinda NKMK Shimoliy kon boshqarmasida o`tkazilgan tovar moddiy boyliklarni hisobga olish tekshirishlari jarayonida 19-20 asrga tegishli zargarlik buyumlari topildi, deb xabar bermoqda "navoitoday".

Shundan so`ng noyob ashyolar Madaniyat vazirligi Badiiy ekspertiza bo`limiga yuborilib, mutaxassislar xulosasi olindi. Unga ko`ra zargarlik buyumlari badiiy va etnografik ahamiyatga ega. Ularning eng qadimgisi mang`itlar tangasi bo`lib, u 1885-1910 yillarda Buxoroda hukmronlik qilgan Abdulahadxon davrida zarb qilingan va tanganing yoshi qariyb 130 yilni tashkil etadi.

Nodir topilmalar bugungi kunda Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida ­­- NKMK tarixi muzeyida saqlanmoqda.

Шарҳлар