AQShning Shimoliy-G`arbiy universiteti nevrologlari hayotida ulkan maqsadlari bo`lgan kishilar boshqalarga nisbatan uyqusizlikdan deyarli aziyat chekmasliklarini ma`lum qilishdi.
Mutaxassislarning ta`kidlashlaricha, aniq maqsadlarga, orzularga ega bo`lish, ayniqsa, keksalik davrida uyqusizlikdan xalos bo`lishning eng oson usuli ekan.
Ekspertlar uyquning yaxshi kechishi uchun qahva, nikotin, alkogoldan voz kechishni tavsiya qilishmoqda.
Uxlashdan avval kompyuterda ishlash, televizor ko`rish, kaloriyali taom tanovul qilish, og`ir jismoniy harakatlanish mumkin emas. Dimo bir xil vaqtda uxlashga yotish tavsiya etiladi.