Mashhur rejissyor Jeyms Kameron ko`p yillar davomida afsonaviy “Titanik” kinokartinasi muxlislarini qiynab kelgan savolga javob berdi, deya ma`lum qilmoqda Rambler nashri.
Film katta ekranlarga chiqqanidan beri muxlislarni bir masala qiynab keladi: Jek ham sevgilisi Rouzni qutqarib qolgan solga chiqib olsa bo`lardi-ku? Sol bemalol ikki kishini ko`tarardi-ku?!
Kameronning o`zi ham ushbu sahna uchun yasalgan yog`och sol ikkovlonning hayotini saqlab qolishi mumkin bo`lganini ta`kidladi. Ammo rejissyor ikki qalbning sevgi qissasi fojia bilan tugashi kerak bo`lganligini, aynan shu narsa tomoshabinni o`ziga jalb etishini ma`lum qildi.