Ташкент +4° Sun 02:20
Долзарб мавзулар Foto

Nega ayollar erkaklarga nisbatan uzoqroq umr ko`radi?

Бўлимлар: Salomatlik
Теглар:
Добавлено: 18.12.2018, 16:08

“Aging Cell“ jurnalida chop etilgan maqolada ayollarning erkaklarga nisbatan uzoqroq umr ko`rish sabablari haqida so`z boradi.

Qayd etilishicha, ayollarning uzoq umr ko`rishi ularning hayotga “sog`lom ko`z” bilan qarashidan tashqari, zaif jins organizmida keksalikni sekinlashtiradigan irsiy hujayralar nusxalari borligi bilan ham bog`liq bo`lish mumkin.

“Biz ayollarning erkaklardan ko`proq umr ko`rish sabablarini anchadan beri o`rganib kelamiz. Ko`pchilikning fikricha, jinslar o`rtasidagi farqlarning evolyusion ildizlari bor” degan Kaliforniya universiteti tadqiqotchisi Dena Dubal.

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, bugungi kunda insonlarning o`rtacha umr ko`rishi 71 yoshni tashkil etmoqda. Butun dunyo bo`ylab ayollarning hayot davomiyligi o`rtacha 73 yoshni barqaror ko`rsatib turibdi, erkaklarniki esa 68 yosh.

Bilamizki, erkaklarning ayollarga nisbatan kamroq umr ko`rishiga sabab – ularning zararli odatlarga moyilligidir.

Dubal va uning hamkasblari esa jinslar o`rtasida umr ko`rish bo`yicha farq faqat ijtimoiy sabablarda emas, balki irsiy omillarga ham aloqador, degan xulosaga kelgan. Ularning izohlashicha, ayol va erkak a`zolari ishlashidagi farq jinsiy xromosomalarning qanday qurilganiga bog`liq.

Gap shundaki, “erkak” xromosoma – “ Y“ tarkibida hayot uchun muhim genlar deyarli yo`q. Shuning uchun ham uni bemalol genomdan olib tashlash mumkin. Aksincha “ayol” xromosomasi – “X” hayot uchun juda zarur bo`lgan genlarni o`zida saqlab, uning ish tartibidagi buzilish yomon oqibatlarga olib keladi.

Dubal va uning jamoasi ayollar uzoq umr ko`rishining siri aynan “ X” xromosomasida, degan farazni tajribada sinab ko`rishdi. Olimlar erkak va urg`ochi kemiruvchilar geniga ortiqcha “X” xromosomasini kiritib, ularni uch yil davomida kuzatdi. Tadqiqot natijalariga ko`ra, “XX” xromosomali kemiruvchilar “XY” xromosomali kemiruvchilardan ko`proq muddat yashagan. Demak gendagi ortiqcha “X” xromosomalar hayot davomiyligini ta`minlab bergan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Jinoyat

Shou-biznes

SUG'DIYONA