Долзарб мавзулар Foto

Katta Langar qishlog`i turistik hududga aylantiriladi

Бўлимлар: Moziydan sado
Теглар:
Добавлено: 18.12.2018, 16:58

Madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari O.Nazarbekov boshchiligidagi ishchi guruhi tomonidan Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi Katta Langar qishlog`idagi qadimiy yodgorliklar o`rganildi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Katta Langar qishlog`i — uning xududidagi temuriylar davriga oid tarixiy madaniy me`morchilik yodgorliklari sabab dong`i ketgan. Noyob yozma manba — “Katta Langar Qur`oni” Sharq uyg`onish davrining bebaho namunasi bo`lib, u VIII asr oxirlarida kufiy-hijoziy xatida bitilgan, dunyoga mashhur “Usmon Mushafi”ning nodir nusxalaridan biri sanaladi. Sankt-Peterburgning Kunstkamera muzeyi direktori o`rinbosari, islomshunos, professor E.Ruzvan hamda evropalik manbashunoslarning fikriga ko`ra, Katta Langar Quroni Saudiya Arabistonidan IX asrda keltirilgan va shaxsiy yozma mulki sifatida bugungi kunlargacha etib kelgan. Ammo sobiq Ittifoq davrida uning ko`plab sahifalari AQSh, Quvayt, Rossiya, Fransiya muzeylariga tarqab ketgan. O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi tomonidan uning to`liq faksimilesi yaratilgani va mamlakatimizga qaytgani tahsinga sazovor.

Ishchi guruhi Katta Langarning tarixiy-madaniy ob`ekti bo`lgan masjid bilan to`liq tanishib, u erda to`liq saqlanib qolgan ajoyib mayolikalar, mozayikalar, yog`och uymakorligi, epigrafika namunalari ayanchli ahvolga kelib qolgani, qishloqdagi me`morchilik obidalarini YuNESKO, IKOMOS kabi halqaro tashkilotlarning fikrini inobatga olgan holda to`g`ri ta`mirlash konsepsiyasini ishlab chiqish zarurlini bildirdi. Tamirlash ishlarida Fransiyadan tajribali professor mutaxassislarni taklif etish, Madaniyat vazirligi tarkibida “Katta Langar madaniy merosi” majmuasini tashkil etish hamda qishloqni halqaro va mahalliy turizmga moslashtirib obodonlashtirish takliflarini ilgari surildi.

Ma`lumot uchun, Yurtboshimiz Qashqadaryo viloyatidagi ijtimoiy madaniy ob`ektlar bilan tanishuvi jarayonida Katta Langar qishlog`idagi temuriylar davriga oid tarixiy-madaniy yodgorliklarning ahvolini ob`ektiv ravishda o`rganish va ularni abadiy saqlash xususida ilmiy konsepsiya ishlab chiqish, ta`mirlash ishlari bo`yicha taklif kiritish bo`yicha topshiriqlar bergandi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA