Angliyaning “Manchester Yunayted”» futbol klubi murabbiyi Joze Mourino iste`foga chiqarildi, deya xabar qilmoqda Topnews.ru nashri.
Dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri bo`lgan Mourino lavozimidan ozod etilishi klub rahbariyati tomonidan e`lon qilingan. 55 yoshli portugaliyalik murabbiy 2016 yilning may oyidan beri klubni boshqarib kelayotgan edi. So`nggi vaqtlarda ketma-ket muvaffaqiyatsizliklarga uchragan jamoa ayni vaqtda musobaqa jadvalida 6-o`rinni egallab turibdi. Bu esa “Manchester Yunayted” muxlislari va rahbariyatini qoniqtirmadi.