Ташкент +4° Sun 21:21
Долзарб мавзулар Foto

​O`zbekiston madaniy merosi Berlinda taqdim etiladi

Бўлимлар: Madaniyat
Теглар:
Добавлено: 09.01.2019, 11:02

2019 yil 15 yanvar kuni Germaniyaning poytaxti Berlin shahrida "Buyuk Ipak yo`li merosi O`zbekiston va Germaniya o`rtasidagi ko`prik vazifasini bajaradi" mavzusida Xalqaro ilmiy-madaniy forumi bo`lib o`tadi. Tadbir O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Germaniya Federativ Respublikasiga rasmiy tashrifi oldidan amalga oshiriladi.

Forum doirasida O`zbekistonning Berlindagi elchixonasida "O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida" loyihasiga oid kitob-albomlar ko`rgazmasining ochilish marosimi bo`lib o`tadi.

Evropa jamoatchiligi diqqatiga O`zbekistonga oid qadimiy qo`lyozmalarning noyob faksimile nusxalari taqdim etiladi. Bular "Katta Langar Qur`oni, "Husayn Bayqaro devoni", "Temur tuzuklari", "Poklik bog`i", "Mirojnoma" va temuriylar davri miniatyurasi "Zafarnoma".

Forumning yorqin namoyishi sifatida O`zbekistonda ilk bor 3D formatida qo`shilgan voqelik ta`siri bilan chop etilgan "O`zbekistonning madaniy merosi Germaniya kolleksiyalarida" nomli kitob-albomning taqdimoti bo`lib o`tadi.

Tadbir davomida O`zbekiston va Germaniyaning etakchi san`atshunos olimlari Berlin, Drezden, Leypsig va Shtutgard muzeylaridagi buyuk o`zbek san`ati kolleksiyalari haqida so`zlab berishadi. "Berlin etnologik muzeyidagi Buxoro amirligidan kolleksiya", "Gamburgamaliy-dekorativ san`at muzeyi to`plamidan Buyon-Qulixon maqbarasining durdonalari", "Berlin davlat kutubxonasidagi Alisher Navoiy asarlari qo`lyozmalari", "O`zbekiston madaniy-tarixiy merosi eksponatlari Bumiller to`plamida", shuningdek “Shtutgartdagi Linden muzeyi sharqiy filiali"ning noyob kolleksiyasi taqdim etiladi.

Berlindagi media-iventning so`nggi tadbiri bu - milliy uslubdagi "O`zbekiston Buyuk Ipak yo`lining yuragi" deb atalgan gala-kechki ovqat bo`lib, unda "Palov - o`zbek taomlari brendi" videoroligining taqdimoti va, albatta, o`zbek ijrochilarining yorqin konsert dasturi namoyish etiladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Jinoyat

Shou-biznes

SUG'DIYONA