Uzoq davom etgan muzokaralardan so`ng Malta rasmiylari O`rtaer dengizidagi muhojirlarni qirg`oqqa chiqarishga va qabul qilishga rozi bo`ldi, deb xabar qildi Segodnya nashri.
Bir qancha muddatdan buyon nodavlat tashkilotlarga tegishli kemalarda bo`lgan 49 nafar muhojirlarning taqdiri noma`lumligicha qolayotgan edi. Ya`ni hech bir mamlaat ularni qabul qilishni istamayotgan edi. Malta Bosh vaziri Yusuf Muskat tashkilot kemalari odamlarni qirg`oqqa tushirishi bilan darhol hududni tark etishi kerakligini ta`kidladi.