AsosiyJamiyat

Zulfiya Davlat mukofoti uchun tanlovning ilk bosqichlarida 30 mingga yaqin qiz qatnashdi

'Zulfiya Davlat mukofoti uchun tanlovning ilk bosqichlarida 30 mingga yaqin qiz qatnashdi'ning rasmi

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanlovning ilk bosqichlarida yurtimizdagi oliy o`quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari, akademik liseylar, umumta`lim maktablari, maktab-internatlar va Mehribonlik uylaridan 30 mingga yaqin qiz qatnashganligi qizlarimiz orasida mazkur tanlovga qiziqish yildan-yilga ortib borayotganidan dalolatdir.

2019 yil 16 yanvarda o`tkaziladigan tanlovning respublika saralash bosqichiga hududlardan 335 nafar iqtidorli qizlarning ro`yxati taqdim etildi.

Nomzodlar orasida qoraqalpoq, rus, qozoq, tojik, qirg`iz boshqird millatiga mansub vakilalar mavjud.

2019 yildagi Zulfiya nomidagi Davlat komissiyasi tomonidan Tanlovlarni mutlaqo yangi talqinda o`tkazish, ochiqlik va shaffoflikni ta`minlash hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etish bo`yicha takliflar ishlab chiqildi.

Har yili Davlatimiz rahbari tomonidan yuksak e`tirof etilib kelinayotgan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta`lim, fan, adabiyot, madaniyat, san`at, sport va jamoatchilik faoliyatida alohida yutuqlarga erishgan o`n to`rt yoshga to`lgan va o`ttiz yoshdan oshmagan iqtidorli qizlarga beriladi.

2000-2018 yillar davomida mazkur mukofotga sazovor bo`lgan qizlarning soni 283 nafarga etib, ularning 65 nafari adabiyot, 79 nafari madaniyat (shundan sportchi kizlar 49), 49 nafari san`at, 24 nafari fan, 43 nafari ta`lim yo`nalishlari bo`yicha taqdirlangan.

Sovrindorlarning 9 nafari O`zbekiston Prezidenti stipendiyasi, 11 nafari Navoiy va Ibn Sino stipendiyalari sovrindorlari, 87 nafari esa Osiyo, jahon va boshqa nufuzli xalqaro musobaqa va tanlovlar g`olibligini qo`lga kiritgan yoshlardir.

    Boshqa yangiliklar