Ташкент +4° Tue 07:23
Долзарб мавзулар Foto

O`zbekiston va Qirg`iziston TIV rahbarlari hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi

Бўлимлар: Siyosat
Теглар:
Добавлено: 11.01.2019, 14:38

O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Toshkent shahriga kecha kelgan Qirg`iziston Tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov bilan muzokaralar o`tkazdi.

“Suhbat chog`ida mamnuniyat bilan qayd etilganidek, O`zbekiston va Qirg`iziston o`rtasida turli darajalarda, avvalo davlat rahbarlari o`rtasida muntazam hamkorlikni o`rnatilgani tufayli ikki tomonlama munosabatlarda misli ko`rilmagan do`stona muhit yaratildi, bu esa to`planib qolgan muammolarni izchil hal etish va hamkorlikning yangi bosqichiga ko`tarishga imkon berdi”, - deyilgan TIV matbuot xizmati xabarida.

Vazirlar asosiy e`tiborni siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikasiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki mamlakat aloqalarini 2019-yilda va istiqbolda yanada chuqurlashtirishning ustuvor yo`nalishlarga qaratdilar.
Uchrashuvda 2018-yilning 11 oyi davomida o`zaro savdo hajmi 2017-yilning ushbu davriga nisbatan 55 foizga oshib, 363 million dollarni tashkil etgani qayd etildi.

“O`zbekistonning chegaraoldi viloyatlari hokimlari va Qirg`iziston Hukumatining chegaraoldi viloyatlaridagi vakolatli vakillari Kengashi majlislarini ikki davlat Bosh vazirlari rahbarligida muntazam ravishda o`tkazilishi ikki tomonlama munosabatlarda muhim rol o`ynaydi”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, 12-13-yanvar kunlari Samarqand shahrida Afg`oniston ishtirokida bo`lib o`tadigan “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqotining birinchi uchrashuvi kun tartibiga doir masalalar yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar ushbu shakldagi forum turli yo`nalishlardagi mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish imkonini berishiga ishonch bildirildilar.

Muzokaralar yakunida tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari ikki tomonlama va Markaziy Osiyo shaklidagi hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishga sodiq ekanliklarini yana bir bor tasdiqladilar.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Shou-biznes

SUG'DIYONA