41

Sevara Nazarxonning «2019» albomi taqdimoti bo`lib o`tdi (foto)

Shou-biznes 14.01.2019, 16:46
Теги: Foto
4490
Sevara Nazarxonning «2019» albomi taqdimoti bo`lib o`tdi (foto)

Yillar davomida ijod yo`li va taronalari katta-yu kichikni birdek o`ziga rom etib kelayotgan Sevara Nazarxon do`stlari, hamkasblari va shunchaki ijodi shaydolarini bir erga to`plab, yangi musiqiy to`plamini taqdim etdi.

Oddiylik va samimiylikni xush ko`ruvchi xonanda, albomini oddiygina qilib «2019» deb nomlagan va undan 11ta tarona joy olgan. Albomda «Bilarsan», «Magar», «Sevilmoq», «Iltijo», «Izhori ishq» va boshqa yangi sokin ruhdagi qo`shiqlarni tinglash mumkin.

Sevara Nazarxon:

Sevara Nazarxon:
«Mazkur to`plam ustida jamoamiz bilan bir necha yil ish olib borganmiz. Bobur Bobomurod, Usmon Azim va boshqa shoirlar qalamiga mansub she`rlarga murojaat etilgan. Har bir qo`shiq o`zining chuqur ma`nosiga ega. Albomni esa oddiy «2019» deb nomlashga qaror qildim. Albom yaratilishida musiqiy sayqal ustida ishlagan Marat Maqsudiyning va ovoz operatori Dmitriy Kulikovning roli katta. Undan tashqari, nafaqat albom yaratilishida yordam bergan, balki yaqin do`stim ham bo`lgan Maks Pensonni ham aytib o`tish joiz».

alt

Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasiga to`plangan mehmonlar taqdimotdan avval bir-birlari bilan diydorlashib, tortiq etilgan furshetdan bahramand bo`lib, muloqot qilishga muvaffaq bo`ldilar.
alt

alt
Karen G`ofurjonov esa mehmonlar orasida viktorina o`tkazib, Sevara Nazarxon ijodi bilan bog`liq savollarni berdi va xonandaning haqiqiy muxlislari albom muqovasi printi tushirlgan futbolkalarni qo`lga kiritishdi. alt

alt
Albom taqdimoti «Kunlar» qo`shig`i bilan boshlandi, ekranda esa xonanda ishtirokidagi videolavha namoyish etildi. Namoyish etilgan videolavhada mashhur o`zbek rassomi Bobur Ismoilovning yaratgan ishlarini ham ko`rish mumkin bo`ldi. Katta ekran ortida Nazarxon soyasi va raqsi ko`rindi. «Toshkent zebolari» raqsi bilan davom etdi.

alt

Sahnada Nurmuhammad Isroilov va Muslimbek Yo`ldoshevlar tomonidan kuyga bag`ishlangan monologlar o`qildi.

El suygan san`atkor - Sevara: «Qo`shiq haqida, qo`shiqning o`zidan eshitsak, uning qo`shiqlaridan...», so`zlari ostida muxlislari qarshisiga chiqdi.

alt
Sevara ijrosida jarang sochgan ilk tarona, Bobur Bobomurod she`ri bilan yaratilgan, «Menga ham o`rgating» qo`shig`i bo`ldi.

alt
Bobur Bobomurod, shoir

«Sevara bugungi kechada yana bir bor o`ziga xosligini isbotladi. Shunday taqdimotlarni o`tkazish mumkinligini va kerakligini bugun ko`rsatib berdi. Sevara yosh bo`lishiga qaramay, milliy boyligimizga aylanishga ulgurdi, desak mubolag`a bo`lmaydi. U biz faxrlanadigan, faxr bilan tilga oladigan san`atkorimiz. Men Sevara bilan ijodda doim hamfikr bo`lib kelganimizdan mamnunman».

alt

Albomdan o`rin olgan yangi qo`shiqlarni ketma-ket kuylar ekan, zalda yig`ilganlar bilan salomlashib, kecha davomida ular bilan muloqat qilishni unutmadi.

alt
Qo`shiqlar orasidagi tanaffuslarda esa albom haqida, ijodiy guruh haqida gapirib, ularga minnatdorchilik bildirdi.

altalt
Shu kuni xonanda navbatdagi yangi albom ustida ham ish boshlab yuborganini va u raqsboproq bo`lishi haqida ma`lum qildi.

Kecha, tinglovchilarning sevimli taronalaridan biri - «Yur muhabbat» taronasi bilan yakunlandi. Ushbu qo`shiqni xonanda zaldagi barcha mehmonlar bilan birga kuyladi.

alt
Xonandaning qo`shiqlari, yo`nalishlari doimo o`ziga xosligi bilan ajralib turgan va buni yana bir bor Sevara Nazarxon taqdimotda isbotladi. Taqdimot bir nafasda, juda ham tez o`tib ketdi. Tashrif buyurgan mehmonlar shu kuni Sevaraning o`zgacha dunyosi va koinotiga sayohat qildilar. Aytish joizki, taqdimot bir nafasda o`tib ketdi va bu kichik konsert dasturi sifatida taqdim etilgan albom taqdimoti xonandaning tinglovchilariga kamlik qildi.

alt

alt

alt

Davron Kabulov, shoumen

«Sevara Nazarxon sokinlik bilan, o`zining ma`sumaligi bilan millionlab qalblarni zabt etgan. Umid qilamiz-ki, bugungi taqdim etilgan ijod mahsullari ham o`z tinglovchisini topadi va har bir tinglovchi qalbining tub-tubiga etib boradi. Sevara muxlislarini doimo xursand etib yurishlariga tilakdoshman».

Aziz Rametov, aktyor

«Sevara Nazarxon o`z tinglovchisiga kutilmagan ijod namunasini ko`rsatadigan ijodkor. Uning qo`shiqlaridan ruhan zavqlanasiz».

alt
Tashrif buyurgan mehmonlar orasida Fatxulla Ma`sudov, Yoqub Axmedov, Jahongir Otajonov, Ozoda Nursaidova, Lola Eltoeva, Rixsitilla Ibragimov, Shahzoda, Nilufar Usmonova, Shahzoda Matchonova, Alisher Uzoqov, Bobur Yo`ldoshev, Rayhon, Umidaxon, Zebo Navro`zova, Setora guruhi a`zolari, Manzura, Ummon guruhi, Afruzguruhi, Aziz Rajabiy, Shaxram G`iyosov va ko`pgina boshqa taniqli shaxslarni ko`rish mumkin bo`ldi.

alt

alt

alt

alt

alt

alt

alt

Комментарии

Xorijiy ijodkorlar o`zbek yoshlariga mahorat-sabog`ini o`tishdi

10.10.2019, 16:32

“Yozuvchi/rassom/madaniyat xodimi rezidensiyada” dasturi ishtirokchilari Yoshlar press klubida ijodkor yoshlar bilan uchrashishdi.O`zbek va xorij ijodkorlari hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan ushbu rezidensiya dasturining dunyoning turli...
Surxondaryoda uch egizak dunyoga keldi

07.10.2019, 18:03

Kuni kecha Termiz shahar Sahovat mahallasidagi Haydarovlar xonadonida uch nafar egizak farzandlar dunyoga keldi. Shahar tibbiyot birlashmasining tug`ruq bo`limida ko`zi yorigan surxondaryolik Iroda Xo`jamova ikki...
Maktabgacha ta`lim vazirligi mobil va modulli MTTlarni taqdim etdi (Foto)

04.10.2019, 15:49

2019 yil 4 oktyabr kuni mobil va modulli maktabgacha ta`lim muassasalarining taqdimoti bo`lib o`tdi. Ular oddiy MTTlarni qurish imkonsiz bo`lgan chekka qishloq joylari, tog`li hududlar...
Raqqosalarimiz Koreyadagi Niqob raqs festivalida ishtirok etishmoqda (foto)

03.10.2019, 17:44

O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri o`rinbosari boshchiligidagi O`zbekiston delegasiyasi 27-sentyabrdan 6-oktyabrga qadar Koreya Respublikasining Andon shahrida o`tkazilayotgan xalqaro Niqob raqs festivalida ishtirok etmoqda.