41

​Tirnoqqa qarab, tashxis qo`yamiz...

Salomatlik 16.01.2019, 10:08
4718
​Tirnoqqa qarab, tashxis qo`yamiz...

Har bir barmog`imiz ma`lum bir ichki a`zo bilan bevosita bog`langan. Masalan, bosh barmoq — miya, ko`rsatkich barmoq — o`pka, o`rta barmoq — ingichka ichak, nomsiz barmoq — yurak, kichik barmog`imiz esa buyrak bilan aloqador. Ularning bu bog`lanishi oqibatida a`zolardagi turli salbiy o`zgarishlar tirnoqlarda ham aks etadi.

•Sarg`ish-jigarrang tusdagi tirnoq — zamburug`li kasalliklardan, psoriaz, dermatoz, gepatit bilan og`rish oqibati, chekish va antibiotiklarni ko`p qabul qilinganidan dalolat.

•Tirnoqdagi bo`ylama chiziqlar ovqatni yaxshi hazm qilmaslik, ovqatlanish tartibiga rioya etmaslik, boshlang`ich revmatizm va tishlardagi muammolardan darak beradi.

•Tirnoqdagi ko`ndalang chiziqlar buyrak, jigar, oshqozon-ichaklar faoliyatidagi buzilishlar natijasida paydo bo`ladi.

•Yurak va o`pkada kasalliklar bo`lsa, tirnoqlar haddan ortiq qavarib, bo`rtib chiqqadi.

•Botiq tirnoq esa organizmda temir moddasi kamligidan yuzaga keladi.

•Tirnoqning rangsizligi, xiraligiga qamqonlik sabab bo`ladi.

•Tirnoqlar ostidagi terining qizarib ketishi qon bosimi oshganida kuzatiladi.

• Ko`kish tusdagi tirnoqlar egasining yuragi nimjon bo`lishi mumkin.

•Tirnoq ustidagi oq dog`lar organizmda ruh moddasi kamligidan yuzaga keladi, aynan shu modda tirnoqlar mustahkam bo`lishiga javob beradi.

• Tirnoq o`sib chiqadigan joydagi yarim oy shakli katta bo`lsa taxikardiya, umuman bo`lmasligi yurak nevrozi natijasi hisoblanadi.

Комментарии