41

Kardiologga murojaat qilishning 10 sababi

Salomatlik 21.01.2019, 09:57
3739
Kardiologga murojaat qilishning 10 sababi

1. Jismoniy zo`riqish yoki boshqa sabab tufayli yurak va ko`krak qafasida og`riq paydo bo`lsa;

2. Ortiqcha vazn;

3. Tinch holatda arterial qon bosimi 130/80 mm dan ortiq bo`lsa;

4. Ozgina jismoniy harakatdan keyin ham nafas qisib qolsa (ayniqsa, tananing gorizontal holatida), holsizlikni his qilsangiz va ko`p terlasangiz, boshingiz tez- tez aylanib tursa;

5. Oyoqlar ishsa;

6. Yurak urish maromi buzilsa (aritmiya);

7. Tomir urishi tezlashsa (bir daqiqada 90tadan ortiq);

8. Tomir urishi sekinlashsa ya`ni daqiqada 60 tadan kam (braxikardiya);

9. 35 yoshdan oshgan bo`lsangiz va avvallari kardiologga murojat qilmagan bo`lsangiz;

10. Qandli diabetda va ayrim sportturlari bilan shug`ullanganda ham kardiolog nazoratidan o`tib turish lozim.

Eslab qoling, kardiologning nazoratida bo`lish miokard infarkti va boshqa yurak qon-tomir kasalliklarida yuzaga keluvchi xavfni sezilarli darajada kamaytiradi.

Комментарии