AsosiySiyosat

Abdulaziz Komilov Kubaning yangi elchisini qabul qildi

'Abdulaziz Komilov Kubaning yangi elchisini qabul qildi'ning rasmi

2019 yilning 25 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Kuba Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan (qarorgohi Boku shahrida) Alfredo Nieves Portuondo bilan uchrashdi.

Ishonch yorliqlarini topshirish marosimidan so`ng elchini qutlar ekan, vazir uni O`zbekistonda yuqori va mas`uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabriklagan va muvaffaqiyatlar tilagan.

Suhbat chog`ida ikki tomonlama va xalqaro tashkilotlar doirasidagi munosabatlar holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi, deyiladi TIV xabarida.

2018 yil sentyabr oyida Toshkent shahrida ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuvlarning birinchi raundi muvaffaqiyatli o`tkazilganligi mamnuniyat bilan qayd etildi. Ushbu maslahatlashuvlar O`zbekiston-Kuba muloqotini rivojlantirishning istiqbolli yo`nalishlariga e`tibor qaratish imkonini berdi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investision va madaniy-gumanitar sohalarda o`zaro manfaatli asosda hamkorlikni yanada mustahkamlashga O`zbekiston va Kuba sodiq ekanligi tasdiqlandi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda xalqaro siyosatning ba`zi masalalari yuzasidan fikr almashilgan.

    Boshqa yangiliklar