Ташкент +4° Sun 02:20
Долзарб мавзулар Foto

Uzoq umr ko`rish uchun boshoqli o`simliklarni me`yorida iste`mol qilish kerak

Бўлимлар: Salomatlik
Теглар:
Добавлено: 03.02.2019, 18:17

Garvard universiteti mutaxassislari ovqatlanish bilan bog`liq bo`lgan va bevaqt o`lim xavfining oldini olish bo`yicha 14 ta turli xil tahlillar o`tkazdi. Har bir tadqiqot 6 yildan 10 yilgacha muddatda olib borilib, 780 ming nafar ko`ngilli ishtirok etdi. Tadqiqot qatnashchilari non tayyorlashda eng ko`p ishlatiladigan don turlari – suli, guruch va arpa bilan bog`liq tahlillar o`tkazdi.

Boshoqli mahsulotlarning 1 porsiyasi 16 gramm qilib belgilandi.

Guruh a`zolari ana shunday mahsulotlarning 1 porsiyasini doimiy ravishda iste`mol qilish bevaqt o`lim xavfini 7 foizga, yurak bilan bog`liq kasalliklar natijasida yuzaga keladigan o`lim holatini 9 foizga kamaytirishini aniqladi. Eng muhimi, xavfli o`sma kasalliklarini 5 foizga kamaytirishga erishish mumkin. Shuningdek, bu mahsulotlarni ovqat rasioniga kiritish arterial bosim va xolesterin miqdorini pasaytiradi.

Shu bois to`g`ri ovqatlanish va sog`lom turmush tarziga amal qilgan holda ushbu mahsulotlarni muntazam iste`mol qilish salomatligimiz uchun foydalidir.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Jinoyat

Shou-biznes

SUG'DIYONA