41

«Osiyo» serialidagi obrazi orqali ko`plab muxlislar orttirgan aktrisa hayoti va ijodiga bir nazar (foto)

Shou-biznes 09.02.2019, 06:43
11460
«Osiyo» serialidagi obrazi orqali ko`plab muxlislar orttirgan aktrisa hayoti va ijodiga bir nazar (foto)

Taniqli turk akrisasi o`zbek tomoshabiniga qariyb o`n yildan beri yaxshi tanish. U «Osiyo» serialidagi Asi obrazi orqali ko`plab muxlislar orttirgan.

Hozirgi kunda «Gul va pul ishqi» (Kara Para Aşk) serialidagi Elif Denizer roli bilan ekranlarimizga qaytgan aktrisa haqida nimalarni bilamiz?

Aktrisa Xadicha Tuba Buyukustun 1982 yilda Turkiyaning Istanbul shahrida tavllud topgan. U bolaligidanoq san`atga qiziqqan, juda chiroyli rasmlar chizgan. Uning iqtidorini sezgan ota-onasi bo`lajak aktrisani badiiy maktabda o`qitganlar. Maktabni a`lo baholarga bitirgan Tubaning maqsadlari o`zgarmagan va o`qishni Mimar Sinan nomidagi Istambul universitetida davom ettirib, liboslar va dekorasiyalar bo`yicha rassom yo`nalishi bo`yicha tahsil olgan, yozmoqda Kunutun nashri.

alt

Universitetdagi o`qish bilan birvaqtda u o`zini modellikda ham sinab ko`rishga qaror qilgan. Uning tashqi ko`rinishi esa bu soha uchun ayni muddao edi. 173sm bo`yi va 51 kg vazni, qolaversa juda ham go`zal yuzga ega yosh qiz Pantene, Molped, Kreminikompaniyalarining reklamalarida suratga tusha boshlagan.

alt

U reklama roliklaridagi muvaffaqiyatli ishlari sabab taniqli prodyusr Tomris Giritlio`g`luning e`tiborini tortadi va ilk filmi uchun taklifni qo`lga kiritadi. 2003 yilda «Sulton maqomi» nomli serialda suratga tushadi. Bor aktyorlik mahoratini namoyish qilgan Tuba birin-ketin suratga tushish takliflarini ola boshlaydi.
Unga eng katta omad va mashhurlikni olib kelgan serial mashhur turk aktyori Murat Yildirim bilan hamkorlikda suratga tushgan «Osiyo» seriali bo`ladi.

alt

2010-2011 yillarda aktrisani «Qalb o`g`rilari» serialida suratga tushishga taklif qiladilar. Mazkur serial suratga olish maydonchasida aktrisa va uning bo`lajak turmush o`rtog`i aktyor Onur Saylak o`rtasida ishqiy munosabatlar boshlanadi. Ular 2011 yilda turmush quradilar va 2012 yilda egizak qizaloq farzandlari dunyoga keladi.

altalt

Aktrisa mashhurligining ikkinchi nafasi 2014 yilda Kara Para Aşk serialida bosh roli bilan keladi. Mazkur serial dunyoning yuzdan ortiq mamlkatlarida namoyish qilingan va muvaffaqiyat qozongan.

alt

Akrisaning seyingi omadli rollaridan biri «Jasur va Go`zal» nomli serial bo`lib, u mazkur serialda u Turkiyaning eng talabgir aktyorlaridan bo`lgan Kivanch Tatlitug`bilan suratga tushgan.

alt

Aktrisaning shaxsiy hayotiga nazar tashlaydigan bo`lsak, u 2011 yilda turmush qurgan va qizaloqlarining otasi bo`lgan Onur Saylak bilan 2017 yilda ajrashadi. Hozirda Umut Evirgen ismli biznesmen bilan ishqiy munosabatlarda ekanligi haqida ma`lumotlar bor.

alt

Комментарии