Долзарб мавзулар Foto

Mudofaa vazirining «NAMUNALI XIZMATI UCHUN» ko`krak nishonining yangi ko`rinishi joriy etildi

Бўлимлар: Moziydan sado
Теглар:
Добавлено: 11.02.2019, 17:56

O`zbekiston Respublikasi mudofaa qobiliyatini mustahkamlash yo`lida faol ishtirok etgan Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari hamda Qurolli Kuchlar xizmatchilarini rag`batlantirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida mudofaa vazirining «NAMUNALI XIZMATI UCHUN» ko`krak nishoning yangi ko`rinishi joriy etildi.

Ushbu ko`krak nishoni bilan quyidagi hollarda taqdirlash ko`zda tutilgan:

  • vatanparvarlik va harbiy burchiga sadoqatini ko`rsatgan, jangovar hamda ma`naviy-ma`rifiy tayyorgarligidan a`lo natijalarga erishgan, xalqaro tanlovlar, musobaqa va Olimpiadalarda yuqori natijaga erishgan harbiy xizmatchilar;
  • yosh harbiy xizmatchilarning milliy g`oya va mafkuramizga sodiq bo`lishida o`z hissasini qo`shgan Mudofaa vazirligi faxriylari va pensionerlari;
  • o`z xizmat majburiyatini a`lo darajada bajargan Mudofaa vazirligi xizmatchilari va ishchilari;
  • mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash yo`lida hamkorlikda o`tkazilgan qo`shma mashg`ulotlarda fidoyiligi bilan ajralib turgan boshqa vazirliklar va idoralarning harbiy xizmatchilari va ishchilari, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi fuqarolari.

Faqat istisno holatlarda ko`krak nishoni O`zbekiston Respublikasining fuqarosi bo`lmagan shaxslarga topshirilishi mumkin.

«NAMUNALI XIZMATI UCHUN» ko`krak nishoni uchta darajadan iborat bo`lib, III darajasi kalendar hisobida 10 yil, II darajasi — 15 yil, I darajasi — 20 yil xizmat qilgan, o`zining yuksak professional mahoratini namoyon etgan harbiy xizmatchilarga topshirilishi mumkin.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA