Ташкент +4° Mon 07:21
Долзарб мавзулар Foto

Daraxt voqeasi

Бўлимлар: Mutolaa
Теглар:
Добавлено: 13.02.2019, 21:50

Bir odamning to`rtta o`g`li bor edi. Shoshilib qaror chiqarmaslik, fikrlar yuzaki bo`lib qolmaslik borasida hayotiy dars o`rgatish uchun ota ularni uzoq vodiyda joylashgan katta daraxtni ko`rib kelishga yubordi.

To`ng`ich o`g`il qish faslida, ikkinchisi bahorda, uchinchi o`g`il yozda, kenja esa kuzda bordi. Barchalari daraxtni ko`rib kelishgach, otalari ulardan “Qani, har biringiz ko`rgan daraxtingizni birma-bir sharhlab beringchi” dedi.

To`ng`ich o`g`il “Daraxt juda hunuk va qurigan ekan”, dedi. Keyingisi “Daraxt yam-yashil bargli ekan” dedi. Uchinchisi “Daraxt xushbo`y gullar bilan qoplangan ekan” dedi. Kenja esa “Daraxtning mevalari ko`p ekan” dedi.

Bularni eshitgan ota “Har biringiz to`g`ri gapirdingiz. Chunki sizlar turli fasllarda bordingiz. Ammo shuni bilinglarki, bitta daraxtga bir faslning o`zi bilan hukm chiqarmaslik kerak. Agar qishdagi ko`rinishiga suyanib, “Daraxt faqat quruq” desangiz, uning bahordagi yashilligini, yozdagi go`zalligini, kuzdagi shirin mevalarini inkor qilgan bo`lib qolasiz.

"Xuddi shuningdek, bir shaxs haqida ham bitta vaziyatdan, bitta burchakdan turib, birgina odamning gapi bilan hukm chiqarmanglar. Uning hamma tomonini o`rganib chiqib, keyin xulosa chiqaringlar”, - dedi ota.

“Vaziyatlarni boshqarish san`ati” kitobidan

Nozimjon Iminjonov tarjimasi

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Jinoyat

Shou-biznes

SUG'DIYONA