my5
Sevimli

Yanni: Milliy choponni kiyib, xuddi o`zbekka aylanib qoldim

Shou-biznes 18.02.2019, 19:30
Yanni: Milliy choponni kiyib, xuddi o`zbekka aylanib qoldim

Noyob iste`dodi, yuksak mahorati bilan dunyo musiqa olamida alohida ajralib turadigan gresiyalik mashhur kompozitor, dirijyor, pianinochi Yanni (Yanni Xrisomallis) 25 yillik ijodiy faoliyati davomida O`zbekistonda ilk bor konsert dasturini taqdim etdi. Sozandaning mamlakatimizda ham minglab, millionlab muxlislari topiladi. O`tgan hafta poytaxtimizdagi “Xalqlar do`stligi” saroyida uyushtirilgan san`at kechasi ularga o`ziga xos tuhfa bo`ldi, deb yozadi "Xalq so`zi Online".

Xo`sh, Yanni mamlakatimizdan qanday taassurot oldi?

— Qarangki, yurtingizga shu vaqtgacha biror marta ham kelmagan ekanman, — deydi u. — Ushbu tashrifimdan juda xursandman. O`zbekiston menga ta`riflab berishganidan ham go`zal mamlakat ekan.

Havo biroz salqin. Lekin odamlar ajoyib, ulardan iliqlik ufurib turibdi. Atrofda bolalar sho`x-shodon o`ynab yuribdi. O`zbek xalqi mehmondo`stligi bilan yuragimni zabt etdi. Juda ko`p mazali taomlardan tanovul qildim. Ta`riflashga til ojiz. Ayniqsa, O`zbekiston nonining ta`mi og`zimda qoldi. Bunday lazzatni avvallari sira his etmagan edim. Hayratdaman.

Bu zamin boy tarixga ega ekan. Turfa millat va elatlar asrlar davomida ahil-inoq bo`lib yashab kelmoqda. Bu erga kelib, hatto shuni bildimki, O`zbekistonda o`n ming yunon millatiga mansub kishilar istiqomat qilarkan.

O`zbek milliy liboslari, suvenirlari menga juda yoqdi. Milliy choponni kiyib, xuddi o`zbekka aylanib qoldim. Men ushbu diyorda dunyo tarixidagi ilk Qur`oni Karim nusxasini ham borib ko`rdim. Haqiqiy tarix. Juda ta`sirlandim. Hammangizni yaxshi ko`raman. Rahmat!

Шарҳлар