Forbes nashri talqiniga ko`ra, joriy yilda dunyoning eng boy ayoli L’Oreal kompaniyasining merosxo`ri Fransuaza Betankur-Mayers deb topildi.
Ayol umumiy reytingda 15-o`rinni egallagan. Uning boyligi 50 mlrd dollarga baholangan.
Ma`lumot uchun: Betankur-Mayers L`Oreal kompaniyasi asoschisi Ejen Shullerning yagona nabirasi hisoblanadi. Betankur-Mayersning onasi Lilian Betankur 2017 yildagi vafotigacha dunyoning eng boy ayoli bo`lgan.
Yangi reytingga ko`ra, dunyoning eng boy odami sifatida Amazon asoschisi Jeff Bezos topilgan. Uning davlati 131 mlrd dollarga baholangan.