Ayni kunlarda poytaxtimizda engil atletika bo`yicha O`zbekiston chempionati bo`lib o`tmoqda. Engil atletika federasiyasiga qarashli asosiy maydonda o`tkazilayotgan musobaqada bosqon, disk va yadro uloqtirish kabi texnik yo`nalishlar bo`yicha kuchlilar saralanmoqda. Ushbu O`zbekiston chempionati kattalar, U-19, U-17 va U-15 yosh toifalarida bo`lib o`tyapti.
Ayni paytga kelib, disk uloqtirish bo`yicha barcha natijalar ma`lum:
Kattalar
1. Rashid Sodiqov (Farg`ona) – 44.32 metr
1. Shahrizoda Yusufova (Toshkent) – 42.02
U-19
1. Rashid Sodiqov (Farg`ona) – 49.00
1. Mavluda Umarova (Farg`ona) – 41.11
U-17
1. Yahyo Turg`unov (Farg`ona) – 44.79
1. Shahrizoda Yusufova (Toshkent) – 41.64
U-15
1. Mashrab Yo`lchiboev (Farg`ona) – 48.89
1. Dilafruz Parpieva (Sirdaryo) – 32.10
Bugun turli yoshdagi bosqon uloqtiruvchi atletlar o`z mahoratlarini namoyish etishadi. E`tiboringizga bahslardan olingan fotosuratlarni havola qilamiz.