5-7 aprel kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida dzyudo bo`yicha an`anaviy Gran-pri xalqaro turniri bo`lib o`tadi. Unda O`zbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi, deb xabar beradi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati. Nufuzli xalqaro turnirda sayyoramizning 78 davlatidan 537 nafar (330 nafar erkak, 207 nafar ayol) sportchi ishtirok etish uchun buyurtma bergan. Ular safidan O`zbekiston terma jamoasining 8 nafar a`zosi ham joy olgan. Antaliya Gran-prisida polvonlarimiz nafaqat medallar, balki Tokio-2020 olimpiadasining qimmatli reyting ochkolari uchun ham bahs olib boradi.
Ushbu musobaqada O`zbekiston sharafini quyidagi sportchilarimiz himoya qiladi:
-60 kg: Kemran Nurillaev, Doston Ro`ziev,
-66 kg: Shahram Ahadov,
-73 kg: G`iyosjon Boboev,
-90 kg: Shahzodbek Sobirov,
-100 kg: Sherali Jo`raev, Oloviddin Jo`raqulov,
+100 kg: Alisher Yusupov
Antaliyada tashkil etiladigan Gran-pri turniriga polvonlarimiz murabbiylar Kamol Murodov hamda O`ktam Raxmonov boshchiligida jo`nab ketadi.