Yurtdoshimizning mazkur bahsi BAAda tashkil qilinadi. Bu haqda Milliy olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Zoirov “MTK” promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan. Uning debyut jangdagi raqibi indoneziyalik Entoni Xolt bo`ladi. Ma`lumot uchun, Xolt shu paytgacha 10 ta jang o`tkazgan va ularning 5 tasida g`alaba qozongan. Shuningdek, uning hisobida 4 mag`lubiyat va 1 durang ham bor.
Bo`lajak bahsda yurtdoshimiz ringga quyidagi libosda chiqib keladi.
Kecha jangdan avval matbuot anjumani va vazn o`lchash marosimi ham bo`lib o`tdi. Unda hamyurtimiz 54,88 kg, uning raqibi esa 54,38 kg vaznda, deya qayd etilgan. Bugungi jangda yurtdoshimizga omad tilaymiz.