42

“Invest in Khorezm” xalqaro investision forumi boshlandi

Iqtisodiyot 05.04.2019, 23:13
3372
“Invest in Khorezm” xalqaro investision forumi boshlandi

Urganch shahrida Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi va Xorazm viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan “Invest in Khorezm” Xalqaro investision forumi boshlandi.

Ochilish marosimida Investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov, Xorazm viloyati hokimi F.Ermanov, Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikromov, BMT Taraqqiyot dasturining O`zbekistondagi Doimiy vakili Matilda Dimovska, ETTB ning O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Alkis Drakinos o`zining kirish nutqi bilan ishtirok etishdi.

Tadbirdan ko`zlangan maqsad – xalqaro biznes-jamoatchiligini, xalqaro tashkilotlar vakillari va istiqbolli investorlarni hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoit va afzalliklar bilan tanishtirishdan iborat.

Shuningdek, forum mahalliy va xorijiy tadbirkorlarni to`g`ridan-to`g`ri investisiyalarni jalb qilish, mintaqalararo savdo va sanoat kooperasiyasini rivojlantirish, shuningdek, sayyohlar almashinuvida hamkorlikning istiqbolli shakllarini izlash sohasida o`zaro manfaatli mustahkam biznes aloqalarini yo`lga qo`yishiga yo`naltirilgan.

Mazkur platforma kelajakda O`zbekiston bilan xorijiy davlatlarning ishbilarmon doiralari o`rtasida hamkorlikni o`rnatish va rivojlantirish, shuningdek, investision faoliyatni kengaytirish hamda mintaqaviy rivojlanishni jadallashtirishga qaratilgan o`zaro manfaatli shartnomalar va bitimlarga erishish uchun juda samarali bo`lishi kutilmoqda.

Forumning ikki kunlik dasturi doirasida kooperasion birja, mahalliy mahsulotlar ko`rgazmasi o`tkazilishi va hududning turizm salohiyati bo`yicha taqdimot rejalashtirilgan.

Комментарии