Долзарб мавзулар Foto

Termizda Baxshichilik san`ati festivalining rasmiy ochilishiga oz qoldi

Бўлимлар: Madaniyat
Теглар:
Добавлено: 06.04.2019, 15:33

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 1 noyabrdagi “Xalqaro baxshichilik san`ati festivalini o`tkazish to`g`risida”gi qaroriga asosan o`tkazilayotgan mazkur festivalda bir qator xalqaro tashkilotlar, shuningdek, 76 davlatdan yuzdan ortiq ijrochilar, mutaxassis va olimlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda. Bugun mazkur festival doirasida Termiz shahrida “Jahon sivilizasiyasida baxshichilik san`atining o`rni” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy anjuman o`tkazilmoqda. Unda jahonning turli mamlakatlaridan xalq og`zaki ijodi, xususan baxshichilik, oqin va jirovlar, oshiq va ozandar san`ati bilan shug`ullanuvchi olimlar ishtirok etmoqda.


Anjumanning ochilishida so`zga chiqqan O`zbekiston Respublikasai madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullaev yurtimizda o`zbek xalqining boy madaniy merosini o`rganish, rivojlantirish va targ`ib etish borasida katta ishlar amalga oshirilayotgani, mazkur yirik festivalning o`tkazilishidang maqsad nafaqat o`zbek baxshichiligi, balki bu san`atning butun dunyoda tarqalgan namunalarini saqlab qolishda katta ahamiyat kasb etishini ta`kidladi.

Anjumanda jahon olimlari xalq dostonlari, qo`shiq va laparlaridagi mushtarak jihatlar, ularni o`rganish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida, shuning o`z xalqlarining dostonchilik an`analari haqida so`z yuritdilar.

Biz anjuman ishtirokchilaridan ba`zilarini suhbatga tortdik.

Zeki Erdali, turkiyalik baxshi (ozan):

–Men dunyoning turli davlatlariga borib, turk baxshichiligi namunalarini ijro etib kelaman. O`zbekistonga birinchi kelishim. Lekin hali dunyoning biror mamlakatida baxshilarga bu qadar katta e`tibor qaratilganini ko`rmaganman. Men ushbu anjuman tashkilotchilaridan, xususan O`zbekiston hukumatidan minnatdorman. O`z yurtimga borsam, men ham shu soha mutasaddilaridan iltimos qilaman. Bizda ham shunday baxshilar anjumanini tashkil etishlarini so`rayman. Men o`zbekistonlik baxshi do`stlarimni ham Turkiyada ko`rishni orzu qilaman.

Akbar Qo`shali, Ozarboyjon Otaturk markazi bo`lim boshlig`i, shoir-publisist:

–O`zbek va ozarboyjon dostonlari bitta ildizga ega. O`zbek xalqi hamisha ozar qardoshlariga elkadosh bo`lib kelgan. O`zbek dostonchiligi juda qadim tarixga ega. Bugungi tadbirda ham yurtimizdan ikki nafar olim, besh nafar baxshi va xalq qo`shiqlari ijrochilari ishtirok etmoqda. Men ushbu anjumanda Ozarboyjon dostonchilik maktabi haqida ma`ruzam bilan qatnashyapman. Bugungi festival turkiy xalqlar hayotida yangi sahifa ochishiga ishonaman.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA