AsosiyIqtisodiyot

​Andijonda topilgan gaz koni tadqiqot ishlari olib boriladi

'​Andijonda topilgan gaz koni tadqiqot ishlari olib boriladi 'ning rasmi

Andijon viloyatining Buloqboshi tumanidagi «Uchtepa» konining 7-qidiruv qudug`ida tabiiy gazning yangi manbasi topildi. Bu haqda "Xabar.uz" ma`lum qildi.

Saytda keltirishicha, mazkur hududdan sutkasiga o`rtacha 300-350 ming kub metr tabiiy gaz chiqmoqda. 7-qidiruv qudug`i 1350 metr chuqurlikkacha burg`ilangan. Endi 10 kun davomida tegishli parametrlarni aniqlash uchun gaz-kondensat tadqiqot ishlari olib boriladi. Yangi konning ochilishi Farg`ona vodiysi aholisini tabiiiy gaz bilan ta`minlashni yaxshilashi aytilmoqda.

    Boshqa yangiliklar