Sevimli

Pamela Spratlen AQShning O`zbekistondagi elchisi lavozimiga tasdiqlandi

Jamiyat 21.11.2014, 11:33
Pamela Spratlen AQShning O`zbekistondagi elchisi lavozimiga tasdiqlandi

AQSh senati ushbu mamlakatning O`zbekistondagi elchisi lavozimiga Pamela Spratlen nomzodini tasdiqladi, deya xabar bermoqda «RIA Novosti» AQSh OAVlariga tayanib.

Uning nomzodi avvalroq prezident Barak Obama tomonidan senatga taqdim etilgan edi. Spratlen 2011 yildan AQShning Qirg`izistondagi elchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Nashrning eslatishicha, Amerikaning O`zbekistondagi elchixonasiga 2011 yil iyunidan boshlab rahbarlik qilgan Jorj Kroll esa AQShning Qozog`istondagi diplomatik missiyasini boshqarishi xabar berilgan edi.

Pamela Spratlen (60 yoshda) AQShning Ogayo shtati Kolambus shahrida tug`ilgan. Kaliforniyadagi Uellsli kolleji va Berkli universitetini tugatgan. To`qqiz yil davomida vakillar palatasining Kaliforniya shtatidagi byudjet qo`mitasida maslahatchi bo`lib ishlagan, so`ng AQSh davlat departamentida iqtisodchi lavozimida faoliyat yuritgan. Spratlen, shuningdek AQShning Vladivostokdagi bosh konsuli sifatida faoliyat olib borgan, AQShning Ostonadagi elchixonasida ishlagan.

manba: daryo.uz

Шарҳлар