Euronews telekanalida O`zbekistonning boy tarixi, madaniy merosi va sayyohlik infratuzilmasi haqida Uzbekistan life turkum ko`rsatuvlar namoyishi davom etmoqda, deb yozadi «O`zbekturizm» matbuot xizmati.
25 dekabrdan qadimiy shahar Buxoroga bag`ishlangan navbatdagi reportaj efirga uzatila boshlaydi. U Euronews muxbirlari tomonidan bevosita «O`zbekturizm» xodimlari bilan hamkorlikda telekanalga xos bo`lgan uslubda tayyorlandi.
Nashrning ta`kidlashicha, Uzbekistan life xalqaro telekanalda ommalashib bormoqda. Ushbu reportajlar xalqaro hamjamiyatning O`zbekiston va uning Buyuk ipak yo`li markazida joylashgan, rivojlanayotgan sayyohlik sektoriga ega bo`lgan davlat sifatidagi xalqaro o`rni haqida xabardorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.