AsosiyJamiyat

Oktyabrda Toshkentdagi uylar narxi 1 foizga o`sdi

Toshkent ikkilamchi uy bozoridagi o`rtacha taklif narxi oktyabr oyi yakunlariga ko`ra 1 kvadrat metr uchun 776 shartli birlikni tashkil etdi. Bu haqda Credo Max Estimation baholash tashkilotiga tayanib, «Gazeta.uz» xabar berdi.

Sentyabr bilan taqqoslaganda (767 sh. b.) kvartira narxlari 1 foizga o`sdi. Shu bilan birga, panel uylardagi kvartiralar o`rtacha narxi 746 sh. b. (sentyabrda — 734, +2%), g`isht uylardagi — 815 sh. b. (810, +1%)ni tashkil qildi.

Oktyabr oyida Toshkentdagi 11 tumandan 8 tasida kvartira narxlari oshgan, 3 ta tumanda esa narxlar deyarli o`zgarmagan.

Sirg`ali (1 kvadrat metr uchun 623 sh. b. gacha o`sgan), Yashnobod (718), Uchtepa (780) va Chilonzor (820) tumanlarida narxlar eng ko`p — 3 foizga oshgan.

Mirzo Ulug`bek (782), Olmazor (784) va Shayxontohur (873) tumanlarida narxlar kamroq — 1 foizga o`sgan. Bektemir tumanida esa narxlar 2 foizga oshgan.

Mirobod (786), Yunusobod (790) va Yakkasaroy (829) tumanlarida narxlar o`zgarishsiz qolgan.

    Boshqa yangiliklar