2013/2014 o`quv yilida O`zbekistondan 463 kishi AQShga o`qish uchun ketgan, bu undan avvalgi yilgi ko`rsatkich (445 kishi)dan 4 foizga ko`p demakdir. Bu haqda AQShdagi Xalqaro oliy ta`lim instituti tomonidan e`lon qilingan Open Doors 2014 («Ochiq eshiklar — 2014») hisobotiga tayanib, 12news.uz xabar berdi.
AQShda 2013/2014 o`quv yilida jami xalqaro talabalar soni o`tgan yilgi 819 644 kishidan 886 052 kishiga etgan (+8,1%).
Open Doors — dunyoda xorijiy talabalar harakatchanligi bo`yicha tuziladigan yillik hisobot.