O`zbekistonda 15 dekabridan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o`rta hisobda 1,1 baravar oshiriladi.
Bu haqdagi O`zbekiston Prezidenti Farmoni 21 noyabr, juma kuni O`zA tomonidan e`lon qilindi.
Unga ko`ra, 15 dekabrdan boshlab O`zbekiston hududida eng kam ish haqi – oyiga 118 400 so`m; yoshga doir pensiyalar – oyiga 231 575 so`m; bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 231 575 so`m; zarur ish stajiga ega bo`lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 142 100 so`m miqdorida belgilangan.